Farzandingizga kerakli yordam shu yerda
Pediatr ko‘rigi
Isitma, yo‘tal, shamollash, allergiya, ovqat hazm qilish. Kunduzi va kechasi.
Chaqaloq parvarishi
Emizish, smes tanlash, qo‘shimcha ovqat, vazn va rivojlanish nazorati.
Bolalar nevrologi
Nutq kechikishi, enurez, duduqlanish, giperaktivlik, uyqu buzilishi.
Laboratoriya
Qon, siydik, biokimyo, gormonlar, vitaminlar. Har kuni 8:00–18:00.
UZI
Homiladorlik skriningi, dopler, chaqaloq bosh miyasi (NSG), ichki a’zolar.
Muolaja xonasi
Ukol, tomchi dori, qon olish. 24 soat ochiq, tajribali hamshiralar.
Massaj va LFK
0–10 yoshli bolalar uchun nevrologik va ortopedik massaj.
Kattalar uchun
Nevrolog, ginekolog, terapevt. Bel va bo‘yin og‘rig‘i, homiladorlik kuzatuvi.
Bepul xizmatlar
- Tungi ko‘rik bepul
- 00:00 dan 08:00 gacha pediatr ko‘rigi uchun pul olinmaydi.
- Mashina uyingizdan olib keladi
- 20:00 dan 08:00 gacha klinika mashinasi bemorni uyidan olib keladi va qaytarib qo‘yadi. Faqat shahar ichida, ko‘rik narxiga kiritilgan.
- 40 kunlikkacha chaqaloqlar
- Pediatr bir marta bepul ko‘rib chiqadi: emizish, vazn, sariqlik, kindik, kolika. Tug‘ilganlik guvohnomasini olib keling.
- Chilla davridagi onalar
- Ginekolog va terapevt tug‘ruqdan keyingi holatni bir marta bepul tekshiradi.
- Har juma
- Muolaja uchun shprits va sistema bepul, Mirzo dorixonasida dorilar 2% arzon.
Ota-onalar ko‘p so‘raydigan savollar
Kechasi pediatrga qanday boraman?
Klinika 24 soat ochiq: 78-707-03-03 ga qo‘ng‘iroq qiling yoki to‘g‘ri keling. 00:00 dan 08:00 gacha pediatr ko‘rigi bepul. 20:00 dan 08:00 gacha shahar ichida klinika mashinasi uyingizdan olib keladi va qaytarib qo‘yadi.
Onlayn yozilish qanday ishlaydi?
Saytda shifokor va kunni tanlab yozilasiz. Keyingi sahifada navbat raqamingiz va sizdan oldin nechta odam borligini kuzatib turasiz. Kelolmasangiz, bronni saytning o‘zida bekor qilishingiz mumkin.
Laboratoriya yakshanba kuni ishlaydimi?
Ha, laboratoriya har kuni 8:00 dan 18:00 gacha ishlaydi, yakshanba ham.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘rikka olib kelsam, nima olib kelaman?
40 kunlikkacha chaqaloqlar pediatr ko‘rigidan bir marta bepul o‘tadi. Tug‘ilganlik guvohnomasini olib keling.
Combo paket nima?
Shifokor ko‘rigi va shu shifokor tavsiya qiladigan asosiy tahlillar birga, alohida to‘lagandan arzonroq. Narxlari quyidagi «Narxlar» bo‘limida.
Uzoqda yashaymiz. Onlayn maslahat bormi?
Ha. Klinikaning Instagram sahifasiga Direct’da «online konsultatsiya» deb yozing, administratorlar tartibini tushuntiradi.
Muolaja xonasiga otasi kira oladimi?
Bemorlar uchun tinch sharoit bo‘lishi uchun muolaja va laboratoriya xonalariga erkak kishilar kirmaydi.
